Partiyadoshlarimiz safi kengaymoqda
Partiyadoshlarimiz safi kengaymoqda

 

O‘zbekiston XDP Ohangaron shahar kengashi tomonidan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda Ohangaron shahar partiya kengashi raisi G.Kasimova «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili» Davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berdi. Davlat dasturidagi partiya dasturiy maqsadlariga uyg‘un masalalarga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining barcha qatlamlari manfaatini samarali himoya qilish, ayniqsa, ishsiz, ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Tadbirda partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirish, partiya safini yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Partiyaning dasturiy maqsadlari, olib borilayotgan faoliyatlari yuzasidan keng tushunchalar berildi. Fikr-mulohazalar, savol-javoblardan so‘ng markazda partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi. Tashkilot xodimlarining 12 nafari partiya safiga a’zo qilindi. Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi etib «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi N.Baratova saylandi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Davlat dasturiga takliflar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish