Bugungi kunda vakillik organlarining rolini yanada kuchaytirish borasidagi islohotlar deputatlarning o‘z okruglarida saylovchilar bilan tizimli muloqotini kuchaytirishni, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, tezkorlik bilan bartaraf etishni talab qilmoqda.
Shundan kelib chiqib, xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 4-“Gulchambar” saylov okrugidan saylangan deputat K.Hakimova tomonidan “Ko‘rkam diyor” MFY hududida joylashgan 10-DMTTda o‘rganish olib borildi.
Xususan, tuman Kengashidagi partiyamiz guruhi a’zosi tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitni ko‘zdan kechirdi. Muassasadagi mavjud muammolar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.
Ushbu jarayonda deputat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish hamda muassasada bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya bilan yaqindan tanishdi.
Nazorat tahlil yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kamchiliklar yuzasidan deputat mutasaddilar bilan suhbatlashdi. Muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni yozib oldi.