
Xalq deputatlari Denov tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi F.Sayfullayev “Sina” mahallasidagi 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuvda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida suhbatlashildi.
Tadbirda maktab jamoasiga Davlat dasturining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xususan, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish, hamda biologik xilma-xillikni saqlashga oid masalalarda belgilangan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, farovon yashash muhitini shakllantirish, yomg‘ir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish tizimini joriy etish lozimligi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Partiya dasturiga hamohang ijtimoiy masalalarning inson hayotidagi o‘rni va roli haqida fikr almashildi. Dastur ijrosining ahamiyati tushuntirildi.