Yangiqo‘rg‘onliklar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Yashnobod tuman kengashi va 28-oilaviy poliklinika hamkorligida "Yangiqo‘rg‘on" mahallasida yashovchilar uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. “Salomatlik aksiyasi” doirasida o‘tkazilgan tadbirdan maqsad mahalladagi aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va tibbiy savodxonlikni oshirishdan iborat.
Tibbiy ko‘rik davomida turli mutaxassislar, jumladan, terapevt, kardiolog, endokrinolog, nevrolog, ginekolog va stomatologlar mahalla aholisini qabul qildi.
Shuningdek, qon bosimi, qand miqdori, xolesterin darajasi kabi muhim tibbiy ko‘rsatkichlar tekshirildi.
Mutaxassislar tekshiruv natijalariga ko‘ra tibbiy maslahatlar, davolanish uchun yo‘llanma va ko‘rsatmalar berdi.