O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi va partiya Markaziy Kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh Toshkent shahrida bo‘lib turibdi. Ishchi guruh Mirobod va Yashnobod tumanlarida o‘rganishlar olib bormoqda.
Bundan maqsad ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishish, infratuzilmaning holatini o‘rganish, aholi uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash va kamchiliklar yuzasidan samarali yechimlar taklif qilishdan iboratdir.
Shundan kelib chiqib, ishchi guruh a’zolari, shahardagi, ta’lim, ijtimoiy himoya va boshqa sohalardagi kamchiliklarni tahlil qilmoqda. Muammolar va ularning sabablari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha aholining fikrlarini tinglash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va bu masalalar bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlarni olib borish rejalashtirilgan.