O‘zbekiston XDP tomonidan joriy etilgan “Salomatlik aksiyasi” loyihasi doirasida Taxiatosh tuman kengashi va xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari tashabbus ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan oilalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Taxiatosh tuman kengashi mas’ul xodimlari, tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari D.Artikov, “Keneges” boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari, Taxiatosh tumani "Keneges" ovul fuqarolar yig‘ini oilaviy shifokorlik punkti mas’ullari va hudud aholisi ishtirok etdi.
O‘tkazilgan amaliy tadbir davomida 30 dan ortiq fuqaro, shu jumladan xotin-qizlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha shifokorlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kasalligi aniqlanganlarga davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.