Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Nigora Eshmetova “Otchopar-1” mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi. Muloqot davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflar tinglandi, mavjud masalalar joyida o‘rganildi.
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning turmush sharoitlarini yanada qulay qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Deputat shuningdek, 51-maktabning umumiy ahvolini ham o‘rgandi, muassasa xodimlari bilan suhbatlashdi. Nazorat tahlil jarayonida bir qator masalalar aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, binoning tom qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Shuningdek, isitish tizimi nosoz, sinf xonalarida esa parta va stullar eskirgan ham yetishmovchilik kuzatiladi. Deputat kimyo va fizika laboratoriyalarining zamonaviy jihozlarga ehtiyoji borligi hamda tibbiyot xonasidagi mebellarni zamonaviylashtirish zarurati haqida ham o‘ziga belgilab oldi.
Maktabning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi rejalashtirildi.