Deputat so‘rovining natijasi qanday bo‘ldi?
Deputat so‘rovining natijasi qanday bo‘ldi?

 

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida O‘zbekiston XDP Taxtako‘pir tuman kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan hududdagi “Dao‘ir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Gap shundaki, tuman Kengashi deputati, partiya guruhi a’zosi J.Adilov mazkur mahallada yashovchi aholi vakillari uchun sayyor qabul tashkil qilgan edi. Ushbu tadbirda bir qator murojaatlar bo‘lgan. Xalq vakili bildirilgan murojaatlar yuzasidan hududdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish, mevali va manzarali daraxtlarni ekishga tayyorlash uchun ariq ishlab berish bo‘yicha Taxtako‘pir tumani Obodonlashtirish bo‘limiga deputat so‘rovi yubordi.

Deputat so‘rovi qanoatlantirilib, amaliy choralar ko‘rildi. Mas’ullar deputat hamkorligida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Umuman olganda, deputat ko‘magida aholining yana bir masalasi yechim topdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish