O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi tomonidan "Siyosatdagi yoshlar" intellektual turniri o‘tkazildi. Unda Andijon davlat universitetining "Siyosatchi qizlar", Andijon pedagogika institutining "Yuksalish" va Andijon chet tillar institutining "Asta la vista" jamoalari ishtirok etdi.
Turnirda, shuningdek, demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hududiy bo‘limi rahbari F.Ataxonov, adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S.Otajonov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi O.Iminov hamkorlik qildi.
Turnir munozaralar bilan qizg‘in kechdi. Birinchi o‘rinni "Siyosatchi qizlar", ikkinchi o‘rinni "Yuksalish", uchinchi o‘rinni "Asta la vista" jamoasi egalladi hamda viloyat kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.