Doimiy komissiyada XDP tashabbusiga oid masala ko‘rildi
Doimiy komissiyada XDP tashabbusiga oid masala ko‘rildi

 

Ishtixon tumanida navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi tashabbusi bilan kiritilgan masala ko‘rib chiqildi.

Ya’ni, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash sho’basi mudiri A.Xatamovning hisoboti tinglandi.

Shuningdek, tumanda “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan “drayver” loyihalarni amalga oshirish uchun dastlabki manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Deputatlar 2025-yil uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqdi va tegishli tavsiyalar asosida uni ma’qulladi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish