Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashiga 25-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Jumaboy Rahmonqulov fuqarolar murojaatlarini hal etishga ko‘maklashmoqda.
Xususan, tuman hokim o‘rinbosari K.Abduliyev, "Yagona buyurtmachi injenering" xizmatlari bo‘lim boshlig‘i I. Jo‘ramurodov, 4-sektor rahbari S.Azamov, viloyat tashkilot rahbarlari hamda tegishli mas’ullar tarkibidagi ishchi guruh a’zolari bir murojaat izidan bordi.
Ya’ni, Janubiy Mirzacho‘l kanalidan YUR-5 ga oqar suv olish trubasining holati, suv sathi bilan mutanosibligi tahliliy o‘rganildi. Qayta o‘lchov o‘tkazilganda, ikkinchi suv o‘tkazish trubasi haqiqatdan ham 70 sm yuqoriga qo‘yilgani aniqlandi. Truba qayta kovlanib deputat va mahalladagi faol nuroniylar kuzatuvida boshqatdan qo‘yiladigan bo‘ldi.
Buyurtmachi tomonidan boshqa hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha ham pudratchilarga topshiriq berildi. Qurilish obyektidagi ishlarni 15-martgacha yakunlanishi qat’iy belgilandi.