"Qoraqalpog‘iston ovozi" yangi formatda: Endilikda QR kodlarni skanerlash orqali audio va elektron maqolalarni o‘qish imkoniyati paydo bo‘ldi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi nashri hisoblangan «Qaraqalpaqstan hawazı» gazeta tahririyati 1994 yildan buyon partiya hayotini yoritishda muntazam ravishda chop etib kelinmoqda.

So‘ngi paytlari gazeta-jurnallarning faoliyati sustlashib borayotgani hech kimga sir emas. Gazetalarning yashab qolishi esa, tahririyat jamoasining katta tashvishiga aylangan. Auditoriyani jalb qilish uchun esa eng so‘ngi IT texnologiyalaridan foydalanish, zamon bilan hamnafas qadam bosishga to‘g‘ri keladi.

Shundan kelib chiqib, «Qaraqalpaqstan hawazı» gazeta tahririyati joriy yildan boshlab gazetaning audio nusqasi bilan birga katta ko‘lamdagi maqolalarning elektron nusqasini QR kodlar orqali o‘qish va eshitish yo‘llarini joriy qildi. Endilikda o‘quvchi gazetadagi QR kodlarni skanerlash orqali audio materiallarni eshitish bilan birga elektron maqolalarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, gazeta Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti asosida «Men sog‘lom avlodman!» mavzusidagi loyihani xam amalga oshirib kelmoqda.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish