O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati Angren shahar kengashi raisi F.Abdurahimova deputat M.Xolmatov bilan birga 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatini o‘rgandi.
Ma’lumot o‘rnida: muassasada o‘quvchilar bir necha tur musiqiy yo‘nalishda hamda tasviriy san’at guruhlarida ta’lim oladi. Faollarimiz o‘quvchilarning ta’limi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Asosiy sinf xonalari hamda umumiy foydalaniladigan joylarda zarur sharoitlar yaratilgani ma’lum bo‘ldi. Biroq ayrim kamchiliklar ham qayd etildi.
Xususan, musiqa maktabining faollar zali ta’mir talab holatda ekani hamda tom qismidan suv o‘tishi aniqlandi. Shuningdek, garderob xonasining pol qismi yo‘q bo‘lib, bu undan foydalanish imkonini cheklamoqda.
Musiqa maktabida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarni murojaatlari, taklif va mulohazalari eshitildi.
Bu holat bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda so‘rov yuborilishi belgilab olindi.