Yangi BPT ish boshladi

Piskent tumanida yana bir boshlang‘ich partiya tashkiloti o‘z faoliyatni boshladi. Piskent tuman partiya kengashi raisi, deputat D.Komilova tumandagi 30-son musiqa va san’at maktabida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazdi. Tadbirda musiqa maktabining pedagog-xodimlari ishtirok etishdi.
Partiya yetakchisi XDPning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalari hamda «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yili» da amalga oshirishga oid Davlat dasturi yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida 12 nafar xodim partiya safiga qabul qilindi va maktabda yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi. BPT yetakchisi etib partiya faoli, estrada xonandasi o‘qituvchisi Eldor Abdullayev saylandi.