Deputat yana bir va’dasini bajardi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Azizbek Rahmonov o‘zi saylangan Sardoba tumanida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari faoliyatini ko‘zdan kechirmoqda. O‘rganishlar chog‘ida 5-umumta’lim maktabi kutubxonasida yangi adabiyotlarda zarurat borligi aytilgan edi. Deputat muassasaga kitoblar to‘plami berishni va’da qilgandi.
Deputat o‘z va’dasini ustidan chiqib, Sirdaryo viloyatida kitobxonlikni targ‘ib qilish va yosh avlodning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Maktab uchun 1000 kitob” chellenji doirasida 5-umumta’lim maktabi kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotlarining eng sara namunalaridan taqdim etdi.