O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Sariosiyo tumanidagi “Farhod” muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi tashkil etdi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat va Sariosiyo tuman kengashi xodimlari, mahalliy kengashlardagi deputatlar ishtirok etgan tadbirda xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Abdukarim Ahmedov tibbiyot xodimlari va tarbiyalanuvchilarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Xushmanzara tog‘larga tutash maskanda tarbiyalanayotgan xotin-qizlarga iliq tilaklar bildirilib, ruhiy qo‘llab-quvvatlandi. Bayram sovg‘alari ulashilib, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi. Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari ham kuy-qo‘shiq ijro etib, davraga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Aksiya doirasida partiyaning mas’ul xodimlari va deputatlar muruvvat uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri.