O‘zFA prezidenti, akademik, XDP a’zosi Sh.Ayupov Qoraqalpog‘istonda

 

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, akademik Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga ilmiy safar bilan bordi.

Akademik Sh.Ayupov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U.Ermanov, FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i A.M.Reymov, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori S.M.Mambetullayeva bilan uchrashib, institut faoliyati, ilmiy laboratoriyalar va yangi tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Aytish kerakki, O‘zbekiston XDP jamiyatda ta’limni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlarni rag‘batlantirish va ilmiy-tadqiqot muassasalarini yanada rivojlantirish tarafdoridir. Toshkent shahar Kengashi deputatining ushbu safari olib borilayotgan ijtimoiy siyosatini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish