Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Nazira Matyaqubova To‘rtko‘l tumanidagi 63-maktab binosida «Navro‘z», «Tinchlik», «Yoshlik» mahallalari aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezidentimiz rahbarligida yurtimiz taraqqiyoti va aholining turmush farovonligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati, ayniqsa Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan farmon va qarorlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, deputat Prezidentimizning Tojikiston Respublikasiga tashrifi tafsilotlari ya’ni Tojikistonda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va mezbon davlat rahbarlarining tarixiy uch tomonlama uchrashuvi mohiyatiga to‘xtaldi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolangani hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilingani, Rahbarlar uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasini tantanali ravishda ochgani xususida so‘z yuritdi.
Buni davlatimiz rahbari tomonidan oqilona tashqi va ichki siyosat olib borilayotgan bir paytda xalqimiz shunday tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishi, o‘zaro hamjihatlik va millatlararo totuvlikni ta’minlashda faol bo‘lish lozimligini ta’kidladi.
Uchrashuv jarayonida N. Matyaqubova o‘tgan chorakdagi deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot berdi.