
Men O‘zbekiston XDP Jalaquduq tuman kengashi raisi, Andijon viloyatidagi Qirg‘iz milliy madaniy markazi rahbariman. Millatan qirg‘izman, ammo qalban, ruhan va fuqarolikda faxr bilan aytaman: o‘z yurtim - O‘zbekiston farzandiman.
Andijonda muhtaram Prezidentimiz bilan ko‘rishganimizdan bag‘oyat xursandmiz.
Biz uchun Yangi Andijon bog‘idan pavilon ajratilganligi bu madaniyat ko‘priklarini yanada mustahkamlash, turli xalqlar o‘rtasidagi yangi ijodiy hamkorliklar va bag‘rikenglik muhitini kengaytirish imkonini bermoqda.
Bizning o‘z an’analarimiz bor, tilimiz, musiqamiz, libosimiz, bayramlarimiz bor. Va buning barchasini erkin ravishda yurtimizda namoyon etyapmiz. Bu xalqimizning siyosiy irodasi orqali ta’minlangan erkinlikdir.
Biz, madaniy markazlar vakillari ko‘p millatli xalqimizning ezgu maqsadlariga xizmat qilish, millatlararo do‘stlikni rivojlantirish va kelajak avlodga yuksak ma’naviy muhit qoldirish uchun kamarbasta bo‘lamiz.
Yashasin, bag‘rikeng, tinch va adolatli O‘zbekiston!
Obidjon Nosirov,
O‘zbekiston XDP Jalaquduq tuman kengashi raisi,
Andijon viloyatidagi Qirg‘iz milliy madaniy markazi rahbari.