Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari, deputatlar, partiyaning “Yoshlar qanoti” a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvni O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim boshlig‘i N.Kishanov olib bordi.
Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashi deputati, partiya guruhi rahbari M.Yesengeldiyev va Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati, partiya guruhi a’zosi Q.Qalxorazovlar so‘zga chiqib bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar haqida keng tushunchalar berildi.