Deputat hududlardagi aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolarni o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan «Terakzor» mahallasida bo‘ldi. Deputat hududda aholini qiynayotgan bir qator muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
Aniqlanishicha, mahallada qator muammolar bor. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirtalabligi, hududdagi yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Ularning yechimi bo‘yicha belgilangan tartibda yechim topishga kelishib olindi.