101 yoshli piru badavlat otaxon xonadonida samimiy suhbat
101 yoshli piru badavlat otaxon xonadonida samimiy suhbat

 

Bu yil tabarruk 101 yoshni qarshilagan Bekseit bobo Baymurzayev 1942-yil 17 yoshida qo‘liga qurol olib, buyuk g‘alabaga qadar Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Urushdan so‘ng Vatanimizga qaytib, ikki o‘g‘il, ikki qiz o‘stirib, el xizmatida bo‘lib, 40 yildan ortiq ta’lim tizimida sidqidildan mehnat qilgan.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov bir guruh faollar bilan birga Yuqori Chirchiq tumanida Bekseit bobo Baymurzayev xonadonida bo‘lib, samimiy suhbatlashdi, piru badavlat otamiz urush yillaridagi xotiralari, hayotda ko‘rgan-kechirganlari, umr hikmatlari haqida aytib berdilar.

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida partiyamiz faollari, deputatlar, keng jamoatchilik vakillari urush va mehnat faxriylarini yo‘qlab, hurmat-ehtirom ko‘rsatib, ularning hayotiy o‘git va nasihatlarini olishmoqda.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish