Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mita raisi, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Shermatov, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, partiyaning viloyat kengashi rahbari Akmal Umaraliyev hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh tomonidan Yuqori Chirchiq tuman tibbiyot bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan tumanning Taraqqiyot va Istiqlol mahallalarida, shuningdek, 10-sonli maskanda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan mahalla yettiligi faoliyati ham o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholining iqtisodiy holatini yaxshilash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalladagi axborot tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar faoliyati, mahallalardagi muammolarni aniqlash, hal etishda o‘zaro hamjihatlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.