Shirin shahrida “Salomatlik aksiyasi”
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shirin shahar kengashi raisi N.Akramova tashabbusi bilan shahar tibbiyot birlashmasida ehtiyojmand oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ko‘rik doirasida yurak-qon tomir, ko‘z kasalliklari, bolalar salomatligi, ginekologik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Malakali shifokorlar fuqarolarning sog‘ligini sinchkovlik bilan tekshirib, zarur maslahat va tavsiyalar berdi.
Bu kabi amaliy ishlar aholining salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga ko‘mak berish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.