
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi Nigora Eshmetova o‘z saylov okrugida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.
Uchrashuv davomida deputat o‘tgan chorakda fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish, dolzarb masalalarni ko‘tarish, ularni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Jumladan, deputat tomonidan 2 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, bu orqali muhim masalalar tegishli idoralar darajasida ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, faoliyatga oid 2 ta maqola chop etilgan.
O‘z faoliyati davomida deputat 9 ta murojaatni ko‘rib chiqqan, 5 ta sayyor qabul tashkil etib, ularda qabul qilingan aholi murojaatlarining aksariyatiga joyida yechim topilgan. 4 ta doimiy komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etgan Nigora Eshmetova shahar miqyosidagi muhim masalalarning muhokamasida faol qatnashgan.
Aholi tomonidan bildirilgan 15 ta murojaat deputat nazoratiga olinib, ularning har biri bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borildi. Eng muhimi, chorak davomida 370 dan ortiq fuqarolar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularga huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Bu kabi faoliyatlar deputatning jamoatchilik oldidagi ochiqligi, saylovchilarga sodiqligi va partiya elektoratining ishonchini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.