Deputatimiz mahallada murojaatlarni o‘rgandi

 

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov Koson tumanidagi "Quyi oboron" mahalla fuqarolar yig‘inida mas’ullar va saylovchilar bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda deputat "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishib, murojaatlarni samarali hal etish yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, partiya fraksiyasi taklif-tashabbuslari, parlament muhokamasidagi qonunlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Deputat saylovchilar qabulini ham o‘tkazib, murojaatlarni qabul qildi. Ularni hal etish choralari belgilandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish