Konimexdagi murojaatlar o‘rganilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Iba Narizova Konimex tumanidagi aholi vakillari bilan uchrashdi.
Deputatimiz tuman Kadastr bo‘limida bo‘lib, u yerda yig‘ilgan fuqarolarga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun haqida, uy-joyning hujjatlarini rasmiylashtirib qo‘yish zarurati haqida tushuncha berdi.
Shu bilan birga aholining murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ular tomonidan bildirilgan muammo va takliflarni hal etish yuzasidan o‘ziga vazifa belgilab oldi.