Muammo yechimini topdi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O‘zXDPdan saylangan deputat B.Toshpoʻlatov “Deputat mahallada” loyihasi doirasida shaharning "Qaliya" mahallasidagi fuqarolardan ichki yo‘llarning yaroqsiz holga tushgani haqidagi murojaatni joyi chiqib o‘rgandi va unga samarali yechim topish uchun mas’ul idoralarni hamkorlikka chaqirgan edi.
Bugun “Qaliya” mahallasidagi aholining murojaatlari ijobiy yechimini topmoqda. Ya’ni yaroqsiz halotdagi ichki yoʻllarni shagʻallashtirish ishlari boshlab yuborildi.
“Deputat mahallada” loyihasi doirasida juda ko‘plab shunga o‘xshash murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali hal qilinganiga guvoh bo‘lyapmiz.