Xotin-qizlar murojaatlari o‘rganildi

 

O‘zbekiston XDP Qarshi tuman kengashi, tumanning Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda hududdagi «Bog‘obod», «Kat», «Taxtapul» va «G‘ubdin» mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganishlarda yuqoridagi mahallalardan jami 37 nafar ayollarning muammolari tinglandi. Ulardan 13 tasi ijtimoiy yordam, 6 tasi subsidiya asosida tikuv mashinasi olish, 4 tasi uy-joy ta’miri, 7 tasi oilaviy kelishmovchilik, 7 tasi tibbiyot hamda boshqa masalalarda murojaat qilishdi.

Mas’ullar jami murojaatlarning 20 ga yaqiniga o‘sha yerning o‘zida ijobiy hal qilib berishgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha ham yechim topish uchun hamkorlikda harakat qilishga kelishib olishdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish