Ishchi guruh Do‘stlik tumanida ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Jizzax viloyat kengashi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh Do‘stlik tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlarini olib bordi. Tadbir davomida Markazning aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati va samaradorligi batafsil tahlil qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh tuman Pensiya jamg‘armasi hamda Bandlik markazi xodimlari bilan ham uchrashib, ijtimoiy himoya tizimidagi kamchilik va muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Bunday amaliy o‘rganishlar partiyamizning ijtimoiy sohadagi siyosatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.