Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashi deputati L.Shermuxamedova tumandagi Qoraxoji, Darg‘ali, Osiyo va Eski qal’a mahallalaridagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Qoraxoji mahallasidagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi kapital ta’mirdan chiqqan bo‘lsa, Osiyo mahallasidagi 44-son maktab qurilish ishlarining 60%, Eski Qal’a mahallasidagi 18-son maktab qurilishning 70% ni yakunlagan.
Bundan tashqari Qoraxoji va Darg‘ali mahallalarida umumiy 6,3 mlrd so‘mlik yo‘l va infratuzilma ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Deputat qurilishlar sifatini o‘rganib, maktablarda o‘quv yili boshlanishiga qadar qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash bo‘yicha taklif va yechimlar berdi.