Ishchi guruh vakillari Karmana tumanida bo‘lib, tuman Kambag‘illikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, Zarafshon oilaviy shifokorlik punktlaridagi mavjud holat bilan tanishishdi.
O‘rganishlar davomida tizim bir qator muammolar aniqlandi. Masalan, Poliklinikalarda doya shtati qisqartirilib, o‘rniga ginekolog shtati joriy qilinishi belgilangan. Lekin amalda ikkalasi ham yo‘q.
Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ko‘pida bolalar va xodimlarni keldi-ketdi qilish uchun elektron tizimi yo‘lgan qo‘yilmagan. Borlariga xam bitta planshet berilgan, u bilan 200 yaqin bolalar va xodimlarni tizimga kiritish uzoq vaqt talab qiladi.
Аlbatta ish bor joyda, harakat bor joyda muammo ham, kamchilik ham bo‘ladi. Endigi masala aniqlangan muammolarga echim topish. Masʼullarimiz ham shunga bel bog‘lagan.