Deputatlarning joylardagi o‘rganishlari, saylovchilar bilan muloqotlari davom etmoqda
Deputatlarning joylardagi o‘rganishlari, saylovchilar bilan muloqotlari davom etmoqda

 

Fraksiyamiz a’zosi I.Tursunov Qarshi tumanidagi ”Rainbow Children” davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad –taʼlim muassasasida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, davlat-xususiy sheriklik mexanizmining samaradorligi va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishishdir. 

Deputat pedagoglar va tarbiyalanuvchilar bilan suhbat olib borib, taʼlim jarayoni, bolalarning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan qiziqdi.

Tanishuv davomida Qarshi tumanidagi “Rainbow Children” davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan 200 o‘rinli ixtisoslashgan maktab qurish va taʼlim xizmatlarini kengaytirish masalasiga yordam berish boʼyicha deputatga murojaat qilindi. Deputat ushbu masalanda kerakli moliya tashkilotlari bilan bog‘lanib, amaliy ko‘mak berishini bildirdi.

Yana bir deputatimiz M.O‘razaliyeva Yangiobod tumani Sarmich mahallasidagi 3-sonli umumta’lim maktabi hamda Ho‘jamushkent mahallasidagi 11-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasalarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida deputat mavjud muammolar, o‘quvchilarning ta’lim sifati, pedagog kadrlar salohiyati, maktablardagi moddiy-texnik baza holati o‘rganildi.

Shu bilan birga, o‘qituvchi va tarbiyachilar, ota-onalar hamda mahalliy kengash vakillari bilan muloqotlar o‘tkazilib, joylarda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish