Shahrisabzda “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri o‘tkazildi

 

Xalq demokratik partiyasi yoshlarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faolligini oshirish, ta’lim, salomatlik va ijtimoiy tenglik sohalaridagi muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirish, yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirish maqsadida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turnirlarini doimiy tashkil etib kelmoqda. Shunday turnir bu safar Qashqadaryo viloyat kengashi hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamkorligida Shahrisabz shahrida o‘tkazildi.

Turnirda yoshlarning siyosiy liderlik, kreativlik, tashabbuskorlik va jamoatchilik boshqaruvi sohalaridagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Faol yoshlardan iborat 5 ta jamoa 3 ta shart bo‘yicha bellashdi.

Tadbir so‘ngida iqtidorli va siyosatga qiziquvchi yoshlar aniqlanib diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bir guruh yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish