O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qonliko‘l tumani hokimligi, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorlikda Qonliko‘l tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila vakillari kengaytirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – aholi salomatligini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarimiz orasida tibbiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat.
Aksiya davomida hududdagi 152 nafar kam daromadli oilalar vakillari, nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar hamda bolalar bepul tibbiy ko‘rikda o‘tdi.
Sog‘ligida muammo aniqlangan bemorlarga aniq va manzilli yordamlar ko‘rsatildi. Ba’zi sog‘ligida jiddiy o‘zgarishi bor bemorlarga bepul davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining g‘oya va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlab, partiya a’zoligiga kirish istagini bildirgan bir guruh tibbiyot xodimlariga a’zolik guvohnomalari topshirildi.