Bekobodda “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi
Bekobodda “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi

 

Bekobod shahar Kengashimizda “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi tashkil etildi. Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu aksiya ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda faol yoshlar uchun ochiq muloqot va g‘oyalar almashuvi maydoniga aylanib bormoqda.

Tadbirdan yoshlarning ijtimoiy g‘oyalariga ishonch bildirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish orqali yoshlar faolligini oshirish maqsad qilingan.

Aksiyada bir nechta yoshlarimiz ham o‘zlarining ijtimoiy loyihalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, politexnikum talabasi J.Qodirovaning “Onlayn dorixonalar” ijtimoiy loyihasi hammaga birday manzur bo‘ldi.

Mazkur loyihani hayotga tatbiq etish borasida hamkor va homiylar topishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish