O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Nukus shahrida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar haqida suhbatlashildi. Jumladan, yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning kasbiy qiziqishlarini erta aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib kelishini ta’minlash, shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari hamda partiyaning maqsadlari haqida keng tushunchalar berildi.
Tadbirda bir qator yoshlar so‘zga chiqib fikr-mulohazalarini bildirib, ayrim savollar bilan murojaat qilishdi. Mas’ullarimizga yoshlarning savollariga atroflicha javob berishdi. Yakunda bir guruh yoshlar partiya safiga qabul qilinib, a’zolik guvohnomalari topshirildi.