Islohotlar samaradorligi joylarda muhokama qilinmoqda
Islohotlar samaradorligi joylarda muhokama qilinmoqda

 

Qonunchilik palatasidagi deputatimiz Muqaddas O‘razaliyeva Zomin tumanidagi “Yoshlik” mahallasida hudud aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, 7,5 million aholi kambag‘allikdan chiqarilgani, 2024-yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga tushirilgani va bu yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 6 foizgacha qisqartirish maqsad qilingani aytib o‘tildi.

Shuningdek, deputat muloqot davomida aholi fikrlari tinglab, ularning takliflarini o‘rgandi. Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli rejalar ishlab chiqishga, aniq takliflar tayyorlashga qaror qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish