Ko‘p qavatli uylarning mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi deputatimiz Ye.Noriyev Forish tumanidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida issiqlik tizimlari, tom va fasadlar holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Deputat hududdagi aksariyat ko‘p qavatli binolarning mavsumga tayyorgarligini ijobiy baholab, aniqlangan ayrim kamchilliklarni bartaraf etish borasida mas’ullar bilan suhbat o‘tkazdi.