Safimizdagi yoshlar bilan yanada yaqin bo‘lamiz

 

Partiyamiz Yangiyer shahar kengashi tomonidan “Davlatobod” mahallasida hudud yoshlari bilan “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir yoshlarda siyosiy bilimni oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlarida faolligini oshirishga qaratilgan.

Davra suhbatida yoshlarga doir davlat dasturlari va amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Mas’ullarimiz yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish uchun yordam berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Shu bilan birga, yoshlar bilan yanada yaqinroq ishlash bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqish uchun ularning taklif va fikr-mulohazalari olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish