Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Kengashi mas’ullari, shahar va tuman kengash raislari hamda partiyamiz faollari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2025-yilning ortda qolgan davri bo‘yicha rejalar sarhisobi, amalga oshirilgan ishlar va hududiy tashkilotlarning ayni damdagi reytingi tanqidiy muhokamadan o‘tdi. Bunda har bir hududning olgan balli, egallagan o‘rni haqida alohida to‘xtalindi. Ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tuman va shaharlarning mehnat samaradorligi qoniqarsiz ekani ta’kidlanib, ularning natijalarini ko‘tarish, rejadagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha alohida suhbat olib borildi.
Past ko‘rsatkichli hududlarning natijasini yaxshilash uchun yuqori samaradorlik ko‘rsatayotgan tuman va shaharlarning faoliyatini namuna tariqasida o‘rganish taklif qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullarimiz tashabbuslarni vaqtida va samarador amalga oshirish uchun birgalikda, fikr-mulohazalar almashib, aniq reja va qat’iy tartib asosida ishlash kerakligini ta’kidlashdi.