Namunali faoliyat yuritayotgan hududiy tashkilotlarimiz tajribasini ommalashtirish maqsad qilindi

 

Partiyamiz Markaziy Kengashida reytinglash natijalariga ko‘ra “Namunali” deb topilgan Buxoro shahar va Toshloq tuman kengashlari tajribasini ommalashtirish maqsadida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda faoliyati “Namunali” deya baholangan Buxoro shahar kengashi raisi R.Kazimova hamda Toshloq tuman kengashi raisi T.Solievlar ma’ruzasida o‘z ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular hududiy tashkilotlarimiz mas’ullariga kengashlarda ishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

Yig‘ilish yakunida mintaqaviy va tuman (shahar) kengashlari mas’ullari tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, partiya faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish