Toshkent viloyatida ham partiyamizning 34 yilligi nishonlandi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyat kengashi tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda partiyamiz mas’ullari, viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, jamoatchilik faollari hamda partiyamiz faxriylari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar partiyaning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni, uning xalq manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishdagi faoliyati haqida fikr yuritishdi. Shuningdek, partiyaning 34 yil davomida yurtimiz taraqqiyoti, aholi turmush darajasini yuksaltirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini amalda qaror toptirish yo‘lidagi munosib hissasini alohida tilga olindi.

Tadbirda partiya g‘oyalarini, dasturiy maqsadlarini uzoq yillar davomida keng jamoatchilikka targ‘ib etishda katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyilarimizga “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Faxriy
← Roʻyxatga qaytish