Talabalar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada 20 ta talabalar jamoasi o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini namoyish etdi. O‘yinlar qizg‘in va do‘stona muhitda, adolatli hakamlik asosida o‘tkazildi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini ishga soldi.

G‘olib jamoalarga kubok, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, musobaqa doirasida “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng faol jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlandi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport orqali do‘stlik va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish