Namangan tumanida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

 

Partiyamiz Namangan tuman kengashi tomonidan hududdagi ishsiz va band bo‘lmagan aholining bandligini ta’minlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada 25 ta tashkilot va korxonalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 250 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Natijada ishlash istagida bo‘lgan 102 nafar fuqaroga mavjud ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ularning 51 nafariga maxsus yo‘llanmalar, yana 35 nafari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qilindi.

Bundan tashqari partiyamiz mas’ullari va deputatlar tomonidan fuqarolarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, bank imtiyozli kreditlaridan foydalanish hamda yangi loyihalar ustida samarali ishlash bo‘yicha keng tushunchalar berildi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish