Inklyuziv jamiyat – cheklanmagan imkoniyat!

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tarafdori bo‘lgan so‘l partiya sifatida nogironligi bor insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq-manfaatlarini mustahkamlash, teng imkoniyat va qulay muhit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratib keladi. Shu sababdan Xalq demokratik partiyasi inklyuziv jamiyat yaratish va ta’limda inklyuzivlikni ta’minlash borasida o‘zining qat’iy pozitsiyasiga ega.

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan barcha hududiy tashkilotlarimiz tomonidan respublikamiz bo‘ylab nogironligi bor insonlar uchun keng qamrovli xayriya tadbirlari hamda yo‘qlovlar tashkil etildi.

Tadbirlarda mehr-oqibat, o‘zaro e’tibor va hamjihatlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi insoniy fazilatlar jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlovchi omil ekanligiga urg‘u berildi.

Xalq demokratik partiyasi bundan keyin ham nogironligi bor insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun harakat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish