Kecha partiyamiz Jizzax viloyat kengashida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda tuman va shaharlardan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan deputatlar ishtirok etib, o‘zining tashabbuskorligi, saylovchilar bilan ishlashdagi samarali faoliyati hamda jamoatchilik orasidagi faolligi bilan ajralib turgan deputatlar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni Zafarobod tumani deputati Bahrom Hamraqulov qo‘lga kiritdi. Baholash komissiyasi uning deputatlik faoliyatidagi yuksak mas’uliyati, aholining murojaatlarini hal etishdagi amaliy ishlari va ijtimoiy loyihalardagi tashabbuskorligini yuqori baholashdi. B.Hamraqulov endi respublika bosqichida ishtirok etadi.
Shuningdek, tanlov yakunida faoliyati samarali deb topilgan namunali tuman-shahar kengashlariga kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.