Deputatimiz Z.Zohidov Bag‘dod tumani, “Konizar” MFYda joylashgan 16-maxsus ta’lim muassasasida o‘rganish olib bordi.
Bu muassasada hozirda 240 nafar bola tarbiyalanmoqda. O‘rganish davomida bir qator muammolar, xususan, koridor va ayrim xonalarda issiqlik batareyalari to‘la quvvat ishlamasligi, oshxonadagi autsorsing xizmatining sifat muammolari, vaqtida ovqat tayyorlash va uning sifati masalasida jiddiy kamchiliklar aniqlandi.
Bu muammolar esa o‘z navbatida muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning to‘g‘ri va vaqtida ovqatlanishi, ularning salomatligiga salbiy ta’sir ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘rganishlar yakunida deputat mavjud muammolarning amaliy yechimi borasida mutasaddi tashkilot va mas’ullardan aniq rejali yechimlarni taqdim etishlarini so‘radi.