Faol va bilimli yoshlar jamiyat tayanchi

 

Partiyamiz Xorazm viloyat va Urganch shahar kengashlari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Urganch shahar bo‘limi hamda Urganch davlat universiteti hamkorlikda talaba yoshlarning siyosiy bilimini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar o‘z bilim salohiyati, mantiqiy fikrlash qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Qiziqarli va murakkab savollar, sog‘lom raqobat muhiti hamda faol ishtirok yoshlarimizga alohida zavq bag‘ishladi.

Bunday intellektual muloqotlar yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga hamda iqtidorli yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish