Deputatlarimiz hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlarini boshladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zolari hududlarga chiqib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Xususan, deputatimiz Qizilgul Qosimova Olmaliq shaharida mutasaddilar va fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida "Open budjet" dasturi doirasida taklif etilgan ob'yektlar ro'yxati ko'rib chiqilib, aholi uchun dolzarb bo'lgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, muloqotlarda F.O‘ktamova deputatimizga ish bilan ta’minlashda yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaro bilan suhbatda uning oilaviy holati va mutaxassisligi haqida so‘rashib, so‘ng unga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilinishini bildirishdi.